Persepolis — Taxti Jamshid.
Bir vaqtlar bu ulkan majmua Ahamoniylar imperiyasining eng muhim marosim markazlaridan biri bo‘lgan.
Bugun esa minglab yillar oldingi hayot haqida hikoya qiluvchi ulkan ustunlar, saroylar va tosh relyeflar hanuzgacha saqlanib qolgan.
Eng hayratlanarlisi — relyeflarda turli xalqlardan kelgan elchilar tasvirlangan. Ularning kiyimlari, sovg‘alari va ko‘rinishi qadimgi dunyoning naqadar xilma-xil bo‘lganini ko‘rsatadi.
2500 yil o‘tdi. Ammo Taxti Jamshid hali ham o‘z hikoyasini aytmoqda. 🇮🇷
Siz Persepolisga borishni xohlarmidingiz?
#Persepolis #TaxtiJamshid #Eron #QadimgiEron #Fors #EronTarixi #EronSayohati #IranTravel #YaPers